Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistonida ilk mahalliy film namoyish etiladi

Saudiya Arabistonida ilk mahalliy film namoyish etiladi

Foto: «Trt.net.tr»

Saudiya Arabistonida payshanba, 20-sentyabr kuni dastlabki mahalliy film namoyish etiladi, deya xabar beradi «Haber7.com».

«Bedle» («Uniforma») nomli filmda bosh rolni misrlik aktyor Tamir Husniy o‘ynagan.

Qurbon hayiti paytida Misr va ayrim arab davlatlarida namoyish etilgan komediya janridagi ushbu kinoasar 20-sentyabr kuni poytaxt Ar-Riyod shahridagi kinosaroyda katta ekranga chiqadi.

Saudiya Arabistoni axborot va madaniyat vazirligi 2017-yilning dekabr oyida kinosaroylarda film namoyish etish uchun litsenziya berilganini ma’lum qilgan edi.

Dastlabki kinosaroy shu yil mart oyida ochilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring