Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi Bahraynga borish shartmas. Saudiyada 35 yil deganda ilk film namoyish etildi

Endi Bahraynga borish shartmas. Saudiyada 35 yil deganda ilk film namoyish etildi

Foto: «AR»

Saudiya Arabistonida 35 yil ichida katta ekranlarda film namoyish etish taqiqlangan edi. Shuncha yildan so‘ng kinoteatrlarda birinchilardan bo‘lib, Amerikaning «Emoji film» multfilmi namoyish etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘liq metrajli animatsion film tomoshabinlarga 2017-yilda havola etilgan. Tomoshabinlar nafaqat kino ko‘rish, balki popkorn sotib olish imkoniga ham ega bo‘lishgan.

Saudiya Arabistonida kinoteatrlar uchun cheklov 1980 yilda qo‘yilgan edi. Fuqarolar odatda film ko‘rish uchun qo‘shni Bahrayn davlatiga tashrif buyurishgan. Biroq endilikda audiovizual media bosh komissiyasi tomonidan kinoteatrlarga litsenziya berilmoqda. Ulardan biri 2018 yil mart oyida ochiladi.

2030 yilda Saudiya Arabistonida 300 dan ortiq kinoteatrlar faoliyat ko‘rsatishi kutilmoqda. Filmlar ommaga 2 soat davomida qo‘yib beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring