Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev xalqaro baxshichilik festivalini ochib berdi (video)

Shavkat Mirziyoyev xalqaro baxshichilik festivalini ochib berdi (video)

Bugun, 6-aprel kuni Termiz shahrida Shavkat Mirziyoyev xalqaro baxshichilik festivali ochilish marosimida nutq so‘zladi.

«Muhtaram festival ishtirokchilari, qadrli do‘stlar, avvalo sizlar bilan jonajon O‘zbekistonimizda, go‘zal Surxondaryo zaminida ko‘rishib turganimdan baxtiyorman. Barchangizni tantanali baxshichilik san’ati festivalining ochilish marosimi bilan tabriklayman» dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, davlatimiz rahbarining 2018-yil 1-noyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur festivalga katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, tanlov qatnashchilari va mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Folklor-etnografik chiqishlar, sayyohlik maskanlariga tashriflar, ilmiy konferensiya va ko‘rgazmalarni o‘z ichiga olgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturi tayyorlangan.

Festival 10-aprelgacha davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring