Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistondagi O‘zbekiston madaniyati kunlari «Do‘stlik kechasi» bilan yopildi (foto)

Tojikistondagi O‘zbekiston madaniyati kunlari «Do‘stlik kechasi» bilan yopildi (foto)

14 noyabr kuni Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlarining tantanali yopilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Konsert dasturidan avval Sadriddin Ayniy nomidagi opera va balet akademik davlat teatri foyesida O‘zbekistoning madaniy merosi va xalq xunarmandchilik mahsulotlarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.

So‘ng, katta konsert bo‘lib o‘tdi. Bu konsert «Do‘stlik kechasi» deb ataldi, unda o‘zbekistonlik san’at ustalari tojikistonlik san’at ustalari bilan birgalikda, bir sahnada jozibali raqslari bilan kuy-qo‘shiqlarni tarannum etishdi. Bir kurrai zaminda yashab, o‘z ijodlarini xalqlariga ulashayotgan madaniyat ahli mehmon va mezbonlarning yuzidagi tabassumni ko‘rib boshlari osmonga yetdi.

Tojikistonliklar tomonidan intiqib kutilgan madaniy tadbirlar hali ko‘p davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring