Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tutqunlik» filmi yana bir xalqaro kinofestivalda taqdirlandi

«Tutqunlik» filmi yana bir xalqaro kinofestivalda taqdirlandi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Rashid Malikov rejissyorligida suratga olingan «Tutqunlik» badiiy filmi Rossiyada bo‘lib o‘tgan «Volokolamskiy rubej» harbiy-vatanparvarlik kinofestivalida «Gran-pri» bosh sovrini bilan taqdirlandi.

Mazkur kinofestival 2004 yildan buyon o‘tkazilib kelinadi. Unda harbiy-vatanparvarlik mavzusida suratga olingan badiiy va hujjatli filmlar saralab olinadi.

Ma’lumot uchun: «Tutqunlik» kinokartinasi yaqinda Turkiyaning «Korkut Ata» xalqaro kinofestivalida ishtirok etib, hakamlar hay’atining maxsus sovriniga sazovor bo‘lgan edi.

Film Prezident tashabbusi bilan 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan «Mehr» operatsiyasiga bag‘ishlanadi. Unda urush uchog‘idan O‘zbekistonga olib kelingan ayollar va bolalarning takdiri hakida xikoya kilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring