Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umar Xayyom haqidagi ikkinchi kitob nashrga tayyorlanmoqda

Umar Xayyom haqidagi ikkinchi kitob nashrga tayyorlanmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Yozuvchi Nabi Jaloliddin Umar Xayyom haqidagi «Oraliq» romanining davomini yozib tugatgandi. Endi ikkala kitob ham nashrga tayyorlanmoqda, deb xabar berildi yozuvchining Telegramdagi kanalida.

Umar Xayyom hayoti va ijodi, uning o‘smirlik va yigitlik davrlari haqida so‘zlovchi «Oraliq» romani kitobxonlar tomonidan juda iliq kutib olingan edi.

Ushbu tarixiy romanni yakunlash, Umar Xayyomning haqiqiy hayotini oxiriga yetkazish maqsadida, shuningdek, kitobxonlarning talablariga binoan, yozuvchi Nabi Jaloliddin Xayyom haqidagi ikkinchi kitobni yozib tugatgan edi.

Hozir har ikki roman ham bitta kitob holida «Yangi asr avlodi» nashriyoti tomonidan nashrga tayyorlanmoqda. Tez kunlar ichida bu kitob kitobxonlar qo‘liga yetib boradi.

Ushbu yangi roman «G‘ayb ostonasida» deb nomlanadi. Unda Xayyomning Xayyom bo‘lishidagi davrlar, mashhurligi, o‘sha paytdagi tarix va tarixiy shaxslar, G‘azzoliy bilan uchrashuv, umuman, hamma-hammasi qalamga olingan.

2011-yilda Nabi Jaloliddinning Umar Xayyom haqida hikoya qiluvchi «Oraliq» romani kitob holida nashrdan chiqqandi va Yozuvchilar uyushmasining nasr kengashi tomonidan yuqori baholangan, kitobxonlar esa iliq kutib olgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring