Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shiroq haqida teleserial va Behbudiy haqida badiiy film suratga olinadi

Shiroq haqida teleserial va Behbudiy haqida badiiy film suratga olinadi

«O‘zbekkino» Milliy agentligi va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan o‘zbek xalqining tarixiy siymolariga bag‘ishlangan filmlarni suratga olish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ulardan ahamoniylarga qarshi kurashgan cho‘pon Shiroq haqidagi serialdir.

Keyingi loyiha jadidchilik harakatining taniqli namoyandalaridan biri, yozuvchi va dramaturg Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida badiiy film yaratishdan iborat. Bu yil O‘zbekistonda Mahmudxo‘ja Behbudiyning 145 yilligi keng nishonlanadi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy haqidagi filmni Samarqandda shu yilning oxirigacha suratga olish rejalashtirilgan.

Tomonlar Shiroq haqidagi teleseriallarni suratga olishda maslahatchi sifatida chet ellik rejissyorlarni taklif qilishga qaror qilishdi.

Navoiy viloyatida ham filmni suratga olish masalasi muhokama qilinmoqda. Ushbu viloyat hududida filmda Shiroqning dushmanlarni adashtirishiga mos keladigan sahrolar bor. Shu munosabat bilan «O‘zbekkino» va Samarqand viloyati hokimligi ushbu loyihada ishtirok etish uchun Navoiy viloyati hokimligi vakillarini taklif qilishmoqchi.

Shiroq haqidagi teleserialning ssenariysi Nazar Eshonqul taxallusi bilan tanilgan yozuvchi va kinodramaturg, 20 dan ortiq serial va badiiy filmlar ssenariysini yozgan Nazar Xoliqulovga tegishli.

«O‘zbekkino» rahbariyati yuqoridagi filmlarning rejissyorlarini tanlov asosida tanlab olishni rejalashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring