Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Vatan uchun yashaylik!» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

«Vatan uchun yashaylik!» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida bugun, 14-sentabr kuni «Vatan uchun yashaylik!» VII Respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar berdi.

Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab, ona diyorimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, O‘zbekistonimizning buyuk kelajagi yo‘lidagi ulug‘vor yangilanishlar, zamondoshlarimizning yorqin siymosi aks ettirilgan, yuksak mahorat bilan yozilgan eng sara badiiy-publitsistik maqolalar, ocherklar, nasriy va she’riy yo‘nalishdagi eng sara asarlar uchun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan e’lon qilingan mazkur tanlovga jami 54 muallifning 107 asari kelib tushdi.

1-o‘rin:

Anvar Obidjon – «Farg‘onaliklar» esselar to‘plami uchun.

2-o‘rin:

Nabi Jaloliddin – «Tegirmon» romani uchun.

Mehmonqul Islomqulov – «Odam dunyoga hayratlanish uchun keladi» badiiy va publitsistik to‘plami uchun.

3-o‘rin:

Manzar Abulxayr – «Navoiy asarlarining izohli lug‘ati» kitobi uchun.

No‘mon Rahimjonov – «Badiiy so‘z estetikasi» to‘plami uchun.

Zuhriddin Isomiddinov – «Manas» eposining yangi tarjimasi va matbuotda e’lon qilingan publitsistik asarlari uchun.

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:

Saydi Umirov – «Sehrli va mehrli so‘z» badiiy publitsistik to‘plami uchun.

Yo‘ldosh Solijonov – «Lirika latofati, nasrning nazokati» risolasi uchun.

Zebo Mirzayeva –adabiyot targ‘ibotiga bag‘ishlangan turkum ko‘rsatuvlari va matbuotda e’lon qilingan maqolalari uchun.

Muhiddin Omon – «O‘rtamizda ishqning gulxani» she’riy to‘plami uchun.

Adiba Umirova – matbuotda e’lon qilingan she’riy va publitsistik asarlari uchun.

Shu kuni “Zulfiyaxonim qizlari” klubi a’zolarining mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. Tadbir dasturiga ko‘ra, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya haykali poyiga gul qo‘ydi hamda mushoira qildi.

“Do‘rmon” ijod uyida “Ustoz-shogird an’anasi”ga muvofiq mahorat darslari tashkil etildi. Darslarni ustoz ijodkorlar — O‘zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimlari — Sharifa Salimova, Hayotxon Ortiqboyeva (1-bosqich), “Mehnat shuhrati” hamda “Do‘stlik” ordenlari sohibasi Zulfiya Mo‘minova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Gavhar Ibodullayeva, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Farida Afro‘z olib bordi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring