Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy O‘zbekistonda karvonsaroylar qurmoqchi

Xitoy O‘zbekistonda karvonsaroylar qurmoqchi

Foto: Madaniyat vazirligi

Joriy yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullayev Shanxay Hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi V.Norov bilan rasmiy uchrashdi.

Uchrashuv davomida madaniy, gumanitar va millatlarning tarixiy madaniy meros boyliklarini saqlagan holda ikkitomonlama hamkorlik aloqalarni yanada rivojlantirish to‘g‘risida fikr almashildi. Bir qator madaniyat va san’at yo‘nalishlarida, shu bilan birga yurtimizdagi madaniy meros ob’yektlariga turistlar oqimini ko‘paytirish masalalari yuzasidan batafsil kelishib olindi.

Shuningdek, Bosh kotib tomonidan Xitoy davlatida O‘zbekiston Madaniyati kunlarini o‘tkazish taklifi ilgari surildi. O‘z navbatida Madaniyat vaziri ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlab, milliy qadriyatlarimizni va madaniyatimizni xitoyliklarga ko‘rsatish fursatidan xursandligini bildirdi. Shuningdek, V.Norov va B.Sayfullayev «ShOSning 9 notasi» nomli tanlovini yangi ko‘rinishida, ya’ni folklor jamoalarining tanlovi va «Miss ShOS» ko‘rik tanlovi loyihalarini o‘tkazish kabi takliflarni ham suhbat davomida aytib o‘tishdi.

Bosh kotib xitoyliklar turli davlatlarda «Buyuk ipak yo‘li»da 30 dan ortiq yangi karvon saroylarni barpo etishi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Bu bilan O‘zbekistonda ham karvonsaroylar qurilishi rejalashtirilganini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring