Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoydagi bu kutubxonani ta’riflashga til ojiz (foto)

Xitoydagi bu kutubxonani ta’riflashga til ojiz (foto)

Foto: «Bored Panda»

Xitoyning Tyanszin shahridagi Binxay madaniy tumanida «Binxay ko‘zi» deb nomlangan kutubxona bor. Besh qavatli binoning o‘rtasidagi shar shaklidagi auditoriya ulkan ko‘zni eslatadi.

Kutubxona loyihasini Niderlandiyaning «MVRDV» dizayn-studiyasi Tyanszin shaharsozlik va dizayn instituti bilan hamkorlikda tayyorlagan. 34 ming kvadrat metr maydonda 1,2 millionta kitob joylashtirilgan.

«Binxay ko‘zi»ning birinchi qavatida mutolaa zali, teparog‘ida dam olish zonalari, eng yuqorisida muzokaralar xonalari va kompyuter zallari joylashgan. Binoni uch yilda qurib bitkazishdi.

Zinalar bir paytning o‘zida o‘rindiq vazifasini ham bajaradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring