Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi qonun ma’qullandi

Yangi qonun ma’qullandi

Foto: Senat axborot xizmati

Oliy Majlis Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi kun tartibidagi navbatdagi masala – «Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni muhokama qilindi.

Mazkur qonunda madaniyat sohasida davlat siyosatining maqsadi va asosiy ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mazkur yo‘nalishdagi huquqiy munosabat ishtirokchilarini aniqlash va ularning vakolatlarini belgilash, iste’dod egalari va madaniyat muassasalarining huquqiy maqomini belgilash, madaniyat tashkilotlarini davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro aloqa va hamkorligini takomillashtirish, madaniyat tarmoqlarini raqobatbardoshligini oshirish va boshqa qator muhim masalalar qamrab olinmoqda.

Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, «O‘zbekkino» milliy agentligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari madaniy faoliyat sohasidagi davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga oshiruvchi organlar sifatida ko‘rsatilib, ularning vakolatlari belgilanmoqda.

Qonunning qabul qilinishi madaniyat sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish samaradorligini oshiradi hamda xalqaro huquq normalarini milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilinishini ta’minlaydi.

Shuningdek, xalqaro maydonda O‘zbekiston Respublikasining imijini oshirish bilan bir qatorda xalqlar va mintaqalar o‘rtasidagi madaniy aloqalarning yanada rivojlanishi va mustahkamlanishiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring