Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi Zelandiya: eng yaxshi kereru — mast kereru

Yangi Zelandiya: eng yaxshi kereru — mast kereru

Foto: «NEWSru»

Yangi zelandiyaliklar 2018-yilning eng yaxshi qushini aniqlashdi. Mevalar bilan oziqlanib mast bo‘lib qoluvchi kereru (Yangi Zelandiya mevaxo‘r moviy kaptari) bu nomga sazovor bo‘ldi.

Orolda qushlarning qirilib ketayotganiga jamoatchilik e’tiborini tortish maqsadida Yangi Zelandiyada «Yil qushi» tanlovini o‘tkazish an’anaga aylangan. VVS yozishicha, hozir qushlarning 80 foizi qirilib ketish xavfi ostida.

Kereruga kelsak, u tarkibida alkogol bor mevalar bilan oziqlangani bois, ko‘pincha mast bo‘lib qoladi va o‘zini boshqara olmaydi... Kutilmaganda deraza oynalariga kelib uriladi, daraxtdan qulab tushadi, hatto yerda yotib uxlaydi.

Ammo shunga qaramay, tabiatni muhofaza qiluvchi Megan Xabsherning aytishicha, kererularni hamma yaxshi ko‘radi, ularning jozibadorligi ham shunda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring