Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada O‘zbekiston davlat akademik teatri g‘ishti saqlanmoqda

Yaponiyada O‘zbekiston davlat akademik teatri g‘ishti saqlanmoqda

Madaniyat vaziri B.Sayfullayev joriy yilning 17 noyabr kuni Yaponiyaga rasmiy tashrif bilan jo‘nab ketdi. 23 noyabrgacha davom etadigan safarda turli uchrashuvlar, o‘zbek san’atkorlari ishtirokidagi konsert dasturlari o‘tkaziladi.

Tashrif davomida Maydzuru shahrida joylashgan Qizil g‘isht muzeyiga tashrif buyurildi. Mazkur muzeyda dunyoning mashhur inshootlarini barpo qilishda ishlatilgan g‘isht va toshlar mavjud. Toshlar to‘plami 20 yildan ko‘proq vaqt davomida to‘plangan. Rimdagi Kolizey, Berlin devori, Praga konservatoriyasining toshlarini va eng quvonarlisi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining g‘ishtini ham bu yerda uchratish mumkin.

Shuningdek, Yaponiyaning diqqatga sazovor joylariga tashrif davomida Asirlar muzeyiga ham borildi. U yerda Madaniyat vaziri muzey uchun maxsus sovg‘a topshirdi. Shundan so‘ng vazir Maydzuru shahri meri Ryozo Tatami bilan uchrashdi.

Yaponiyaning Maydzuru shahrida o‘zbek san’at ustalarining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Konsertda Maydzuru shahar meri Ryozo Tatami hamda O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi G‘ayrat Fozilov ishtirok etdilar. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri qurilishida qatnashgan Niienomi Shigeru ham konsertga tashrif buyurdi hamda konsert avvalida Madaniyat vaziri B.Sayfullayev tomonidan taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring