Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zamonamiz qahramoni obrazi tasvirlangan yangi asarlar taqdim qilindi

Zamonamiz qahramoni obrazi tasvirlangan yangi asarlar taqdim qilindi

Foto: Matbuot va axborot agentligi

Kecha, 5-oktyabr kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida» 2017-yil 13-sentyabrdagi qarori hamda 2017-yil 3-avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida e’lon qilingan «Taraqqiyot strategiyasi va zamonamiz qahramoni» ijtimoiy loyihasi doirasida G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etilgan 4 ta yangi kitob taqdimoti va asarlar mualliflari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Agentlik rasmiy sayti xabar berdi.

O‘zMAA tizimidagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida o‘tkazilgan taqdimot va ijodiy uchrashuvda yozuvchilar Qo‘chqor Norqobilning «Bu yerlarda hayot boshqacha», Isajon Sultonning «Hazrati Xizr izidan», Luqmon Bo‘rixonning «Titrayotgan tog‘», Abduqayum Yo‘ldoshevning «Osmon og‘ushi» nomli asarlari keng jamoatchilikka namoyish etildi.

Taqdimotda so‘zga chiqqan, O‘zMAA Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari S.Shukurov bugungi kunda yurtimizda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitob, kitobxonlik hamda mutoalaa madaniyatini yanada yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar, ularning samarasi haqida so‘z yuritdi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Bahodir Karim, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, filologiya fanlari nomzodi, O‘zRFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi Suvon Meli, adabiyotshunos olim, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Uzoq Jo‘raqulov, Islom Yoqubovlar mazkur asarlar o‘zbek adabiyotida muhim voqea ekanligini ta’kidlab, ular haqida o‘zlarining qimmatli fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Kitob ixlosmandlarining yozuvchilar Isajon Sulton, Abduqayum Yo‘ldoshev, Qo‘chqor Norqobillar bilan ijodiy uchrashuvi qizqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring