Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zomin xalqaro festivalga mezbonlik qiladi

Zomin xalqaro festivalga mezbonlik qiladi

Zomin tumani xalqaro festivalga mezbonlik qilishi mumkin. Hukumatning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2021 yildan boshlab Jizzax viloyati Zomin tumanida «Milliy xalq o‘yinlari» xalqaro festivali o‘tkazilishi kutilmoqda. Ushbu festivalni an’anaviy tarzda har ikki yilda bir marta oktyabr oyida tashkil etish rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, Tashqi ishlar vazirligi Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining talabnomalari asosida xorijiy davlatlardan tashrif buyuruvchi festival ishtirokchilarining kirish vizalarini chet eldagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarida, zarur hollarda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan rasmiylashtiradi.

Shuningdek, festival sovrindorlari diplom, sertifikat va maxsus haykalchalar bilan taqdirlanishi belgilangan.

Qaror loyihasiga joriy oyning 27 sanasiga qadar o‘z taklif va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring