Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anvar Namozov

Dunyoda tasodif yo‘q, bu so‘zlarni o‘qiyotganingiz ham tasodif emas!

Zulfiqor Musoqov haqiqatlari: ushalmas orzu, fobiya, «Oskar», ikkinchi kitob va boshqalar

«Kichkina tabib», «Abdullajon», «Bomba», «Yaratganga shukur», «Qo‘rg‘oshin», «Dadam betob» va boshqa qator filmlar rejissyori, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Zulfiqor Musoqov bilan eksklyuziv suhbat uyushtirganimiz haqida xabar bergan edik. Mahoratli rejissyorning bu galgi intervyusi avvalgilaridan tubdan farq qiladi. Shu paytgacha hech qayerda aytilmagan, aytilsa-da, OAVda chiqmagan haqiqatlar, fikrlar, xotiralar haqida bilmoqchi bo‘lsangiz, videosuhbatimizni albatta ko‘ring. Quyida intervyuda tilga olingan eng sara iqtiboslar bilan tanishishingiz mumkin.


«Men butun umr o‘zim xohlagan ssenariy bo‘yicha kino suratga olganman. To‘g‘ri, qarshiliklar bo‘lgan. Eng katta qarshilik «Qo‘rg‘oshin» filmida bo‘lgan. «Qo‘rg‘oshin» bo‘yicha... kurashdim emas, to‘rt yil kutdim. Badiiy kengashda men eshitgan gaplarni eshitganingizda qulog‘ingiz so‘nib qolardi. Hatto, o‘sha davrda, 2011 yilda bitta arbobimiz «Bu ssenariy uchun Musoqovni qamash kerak» degan gaplarni aytishgacha bordi...»

* * *

 «Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. Ertalab turishingiz bilan ijtimoiy muammolar ko‘z oldingizga kelgach, nima qilasiz? Biz shu haqda gapirmasak, kim gapiradi? Mana, men har kuni ertalab uydan chiqaman, derazamning ro‘parasida...»

* * *

Nima uchun shifokorlikni orzu qilgan? «Mening bitta kamchiligim bor: qondan qo‘rqaman...»

* * *

Bu rejissyorning amalga oshmaydigan orzusi nima? Oxirgi operatsiyadan so‘ng shifokorlar nimalarni qattiq tayinlashgan?

* * *

Kinodan ancha uzoq, lekin lavozimi bor odam oldida nimanidir isbotlash isnod. Masalan, birovni operatsiya qilayotgan paytda siz hech nimani bilmasdan turib, unday qilinglar, bunday qilinglar desangiz, sizni haydab yuborishadi.

* * *

 «Men nomma-nom bilaman, to‘qqizta odam «Vatan» filmini butun vujudi bilan yomon ko‘radi, nafratlanadi... Shu odamlarga ishonish kerakmi yoki o‘ttiz ikki million qora ko‘zgami?..»

* * *

Badiiy kengashdan chiqarib yuborilganlar. Ro‘yxatda u yo‘q. Sababini o‘zi ham bilmaydi. Hatto mashhur professional kinodramaturg ham ro‘yxatda emas.

* * *

 «Osmondan tushgan bolalar» filmi bo‘yicha antiqa taklif. Bu nima bo‘lishi mumkin? Rosa qiziq!


Bundan tashqari, ssenariydagi muammolar, o‘zini hurmat qilmaydigan yozuvchilar, Musoqovning kassabop bo‘lgan va bo‘lmagan filmlari, yanada kutilmagan ma’lumotlar haqida videosuhbatda to‘liq bilib olishingiz mumkin.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring