Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Zuvola» asil qo‘shiqlar milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

«Zuvola» asil qo‘shiqlar milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Foto: «O‘zbekkonsert» DM

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasining majlislar zalida «Zuvola» asil qo‘shiqlar milliy tanlovi bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan edi.

Kecha, 17-aprel kuni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasining katta zalida «Zuvola» asil qo‘shiqlar milliy tanlovining dastlabki g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda muassasa axborot xizmati xabar berdi.

Taqdirlash marosimini Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov ochib berdi hamda joriy yilning 25-yanvar sanasidan to tanlov yakunlanishi nazarda tutilgan 15-fevralga qadar kelib tushgan 2500 ta qo‘shiq orasidan kuchli yigirmatalik uchun faqatgina to‘rtta qo‘shiq tanlab olingani va nisbatan yaxshi deya e’tirof etilgan 15 ta qo‘shiq esa tanlovning rag‘batlantiruvchi mukofotlari uchun mo‘ljallangan 30 ta qo‘shiq safiga kiritilganini takidlab o‘tdi.

Tanlovga kelib tushgan qo‘shiqlar ichidan eng saralari deb topilgan qo‘shiqlar mualliflariga diplom va pul mukofotlari topshirildi.

Zuvalasi pishiq deb topilgan Aziza Mamadaliyeva va Yulduz Abdurahmonovaning «Mayda-mayda» qo‘shig‘i uchun diplom, pul mukofotidan tashqari televideniye va radioda o‘z ijod namunalarini berishi uchun bir yillik bepul litsenziya taqdim etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring