Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5 ta hududda ichimlik va oqova suv ta’minoti tajriba tariqasida xususiy sektorga beriladi

5 ta hududda ichimlik va oqova suv ta’minoti tajriba tariqasida xususiy sektorga beriladi

Foto: Xabar.uz

2024 yil 1 iyuldan tajriba tariqasida Kogon, Shirin, Yangiyer, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ichimlik va oqova suv ta’minoti davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga beriladi. Bu “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorga ko‘ra, “O‘zsuvta’minot” AJ va uning tarkibidagi korxonalar negizida 2024 yil 1 aprelgacha alohida yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etiladi:

  • hududiy magistral suv ta’minoti tashkilotlari;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy ichimlik suv ta’minoti tashkilotlari.

2024 yil 1 yanvardan:

  • ichimlik suv va oqova suvni chiqarib yuborish narxlari mahsulot tannarxiga kiritilgan xarajatlar, tizimni rivojlantirish, moliyaviy xarajatlar, soliqlar va majburiy to‘lovlardan kelib chiqib shakllantiriladi;
  • yangi quriladigan ichimlik va oqova suv yo‘nalishidagi ob’yektlar va tizimlarni loyihalashtirishda mazkur hududning to‘liq qamrov darajasini inobatga olish talabi o‘rnatiladi.

Hujjatga muvofiq, 2024–2026-yillarda:

  • ichimlik suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan jami 813 ta mahalla ichimlik suv bilan ta’minlanadi;
  • 124 693 ta xonadonga ichimlik suv tarmoqlari uy xo‘jaligigacha yetkaziladi;
  • 130 ta aholi yashash punktlarida davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish orqali ichimlik suv ta’minoti yo‘lga qo‘yiladi;
  • 792 090 nafar iste’molchilar ichimlik suv uchun hisoblagichlar bilan ta’minlanadi.

Sentyabr va oktyabr oylarida Shavkat Mirziyoyev hududlarda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yaxshilash, oziq-ovqat ekinlarini ekish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgandi. O‘shanda davlat rahbaari eskirgan ichimlik suvi nasoslarini energiya tejamkoriga almashtirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring