Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Amerika ovozi»ga O‘zbekistonda ishlashga ruxsat berildi

«Amerika ovozi»ga O‘zbekistonda ishlashga ruxsat berildi

Foto: «Glasamerike.net»

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi «Amerika ovozi» xalqaro jamoatchilik radiokompaniyasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida ma’lum qilindi.

2018-yil 10-may holatiga ko‘ra, xorijiy ommaviy axborot vositalarining 41 nafar muxbiri Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan. «Amerika ovozi» xalqaro jamoatchilik radiokompaniyasidan esa Navbahor Imomovaga O‘zbekistonda faoliyat yuritish huquqi berilgan.

Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytidan skrinshot.

O‘zAning yozishicha, shu davrgacha muayyan tadbirlarni yoritish uchun ma’lum bir belgilangan muddatli ruxsatnomalar berilgan, biroq malakatda emin erkin faoliyat yuritish uchun hali amerikalik biror bir jurnalist bunday maqomga bugungi kungacha ega bo‘lmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga ilk rasmiy tashrifini yoritish uchun O‘zbekistondan 80 ga yaqin ommaviy axborot vositalari xodimlari jalb etilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu tashrif arafasida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda «Amerika ovozi» teleradiosi hamkorlikda turkum materiallar tayyorlashni rejalashtirgan. «Amerika ovozi» muxbiri Navbahor Imomova Shavkat Mirziyoyev tashrifini O‘zA uchun yoritib turadigan jurnalist sifatida ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Amerika ovozi» («Voice of America») amerika xalqaro jamoatchilik radiokompaniyasi dunyoning 45 tilida, shu jumladan, o‘zbek tilida ham teleradioeshittirishlarni efirga uzatib keladi. Kompaniya shtab-kvartirasi Vashingtonda joylashgan. Asosan yangiliklar, axborot va madaniy dasturlarni yoritishga yo‘naltirilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring