Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angrenda innovatsion ta’lim klasteri bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Angrenda innovatsion ta’lim klasteri bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi  barcha umumta’lim maktablarida  ta’lim sifatini  yaxshilash,  o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish, yuqori intellektual salohiyatga ega bo‘lgan pedagog kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilari,  viloyat, tuman-shahar uslubchilarini oliy ta’lim muassasalari  va ilmiy tadqiqot institutlarida olib borilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishtirib borish maqsadida viloyatning barcha tuman-shaharlarida o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.

Institut matbuot xizmatining xabar berishicha, Xuddi shunday seminarlardan biri kuni kecha Angren shahridagi 18-umumta’lim maktabida “Ta’lim samaradorligini oshirishda innovatsion g‘oyalar” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminarda kimyo, biologiya va geografiya fani o‘qituvchilari hamda Chirchiq davlat pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Innovatsion ta’lim klasteri ta’limda ichki va tarmoqlararo aloqadorlikni ta’minlaydigan, ilmiy tadqiqot muassasalarida to‘plangan tajriba va erishilgan yutuqlarni ta’lim hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga yetib borishini samarali amalga oshiradigan  eng muhim yo‘nalishlardan biridir. Seminarda darsliklar holati, ularning qabul qilingan ta’lim standartlariga nechog‘li mos kelishi, mavzularning yoritilishidagi izchillik, adabiyotlarning sifat-darajasi, mavzularni darslar kesimida taqsimlashdagi me’yorlar kabi mavzular keng muhokama qilindi.

Muhokamalar yakuniga ko‘ra, kimyo, biologiya va geografiya fanlarini o‘qitishni yanada takomillashtirish bo‘yicha viloyat “Muvofiqlashtiruvchi Kengashi”ni tuzish va sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan  ishlar belgilab olindi.

Innovatsion ta’lim tizimi bosqichma bosqich amalga oshirilsa, sohada  yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolarni tezlik bilan hal qilish, dunyoning ilg‘or mamlakatlari erishgan yutuqlarni o‘zlashtirish va o‘z taraqqiyot yo‘limizni belgilab olish imkonini berishi, shubhasiz...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring