Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maqsad — korrupsiyaga barham berish

Maqsad — korrupsiyaga barham berish

Shu yilning 24 yanvar kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalariga qilgan Murojaatnomasida parlament va Prezidentga xisob beradigan, korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul alohida organ tashkil etish to‘g‘risida taklif va vazifalar berdi. Bu, hech shubasiz, uzoq yillar davomida jamiyatda chuqur ildiz otgan va taraqqiyotni ortga surgan bu baloga qarshi kurashish ishini osonlashtiradi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olishga qaratilgan huquqiy asos yaratilganiga uch yil to‘ldi. 2017 yil 3 yanvar kuni qabul qilingan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risi»da  O‘zbekiston Respublikasi Qonuni barcha sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida katta sa’y-xarakatlarga dasturialamal bo‘lib xizmat qilyapti.

Qonunga muvofiq, Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi sifatida ko‘rsatilgan va vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida vakolati doirasida vazifalar aniq qilib belgilanib qo‘yilgan. Bugungi kunda Adliya vazirligining 1008 ishonch telefoni yoki @anticorbot Telegram-kanaliga fuqarolarimiz korrupsiyaga qarshi kurashishga oid takliflar, ariza yoki shikoyatlarini yozib qoldirmoqdalar.

Shu jumladan, Bektemir tumani adliya bo‘limi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qator sa’y-harakatlar amalga oshirilyapti. Aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ong, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibot ishlarini olib boryapmiz, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilyapti. Bu borada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilinmoqda.

“Adliya korrupsiyaga qarshi” shiori ostida tumanimizda fuqarolarning korrutsiyaga to‘qnash kelayotgan holati o‘rganish maqsadida anonim so‘rovnomalar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda, ularni qiynab kelayotgan masalalarni davlat organlarini jalb qilgan holda muammolarni bartaraf etish hamda ulardan taklif va e’tirozlarni qabul qilinmoqda. Maqsadimiz — fuqarolarning davlat organi va tashkilotlarga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish.

A.Xatamov,
Bektemir tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring