Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nukus voqealari ishtirokchisi Polat Shamshetovning o‘limi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Nukus voqealari ishtirokchisi Polat Shamshetovning o‘limi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Bosh prokuratura Nukus voqealarida aybdor deb topilib, joriy yil 31-yanvar kuni sud hukmi bilan 3 yil mansabdorlik lavozimlarida va ichki ishlar tizimida ishlash huquqidan mahrum etilgan va 6 yil ozodlikdan mahrum qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV sobiq xodimi P.Shamshetovning o‘limi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Shamshetov 4-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga qarashli  4-sonli tergov hibsxonasida to‘satdan vafot etgan.

«Hodisa joyi Buxoro viloyati prokurori rahbarligidagi tezkor-tergov guruhi, viloyat IIB boshlig‘i, sud-tibbiy ekspertiza mutaxassislari va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Mazkur ko‘zdan kechirish jarayonlarida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha (Ombudsman) Buxoro viloyati mintaqaviy vakili, P.Shamshetovning advokati va yaqin qarindoshlarining ham ishtiroki ta’minlandi», – deyiladi Bosh prokuratura ma’lumotida.

Shuningdek, o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Sud-tibbiy ekspertizasi ishchi guruhining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhum o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir yurak-qon tomiri yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.

Hozirda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring