Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Onlayn qimorga berilgan talaba firibgarlik yo‘liga o‘tdi

Onlayn qimorga berilgan talaba firibgarlik yo‘liga o‘tdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida yashovchi fuqaro T.N., tuman IIBga murojaat qilib, firibgarlik yo‘li bilan uning bank kartasidan pullar o‘g‘irlangani haqida ariza qoldirgan.

Aniqlanishicha, telegram messenjeridagi «Nukus OLX bazar» nomli guruhda o‘zini «Dilshodbek» deb tanishtirgan foydalanuvchi fuqaroga onlayn kredit rasmiylashtirib berishini aytib, ishonchiga kirgan va haqiqatda uning nomiga mobil ilova orqali 9 mln 500 ming so‘m miqdorida kredit rasmiylashtirgan. Biroq ushbu pullar biroz vaqtdan so‘ng noma’lum tarzda yechib olingan.

Fuqaro hududiy IIBga murojaat qilib, firibgarlik qilgan noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu xatti-harakatlarni sodir etgan shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida yashovchi «1xbet», «Linebet» va «Mostbet» kabi ta’qiqlangan onlayn tavakkalchikka asoslangan o‘yinlar hisob raqamlarini to‘ldirish bilan shug‘ullanuvchi, oliy o‘quv yurti 1 bosqich talabasi, 1998-yilda tug‘ilgan J.T. ekani aniqlangan.

Ayni paytda J.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring