Yil boshidan buyon qancha o‘zbekistonlik xorijda dam olib qaytgani aytildi
2022-yilning 1-avgust holatiga O‘zbekiston fuqarolarining qariyb 3,3 mln nafari turli maqsadlarda xorijga safar qilgan.
Jumladan, safar maqsadlariga qarab:
- qarindoshlarni yo‘qlash – 2,7 mln. kishi
- dam olish – 435,6 ming kishi
- o‘qish maqsadida – 112,1 ming kishi
- davolanish – 34,9 ming kishi
- xizmat yuzasidan – 9,2 ming kishi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 1-choragida 138,6 ming o‘zbekistonliklar dam olish uchun xorijga chiqqan.
Shuningdek, 6 oyda 137,1 ming xorijliklar dam olish maqsadida O‘zbekistonga kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter