Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda diniy ekstremizm ta’siriga tushgan 226 kishi qidirilmoqda

Samarqandda diniy ekstremizm ta’siriga tushgan 226 kishi qidirilmoqda

Foto: Sputnik

Samarqand viloyatida diniy ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan 241 nafar shaxs qidirilayotgan edi. So‘nggi 5 oy ichida ularning oila a’zolari bilan o‘tkazilgan targ‘ibot va tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 15 nafari yashash manzillariga qaytarilgan. 13 nafari avf etilgan. Bu haqda «Zarnews.uz» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, viloyatda diniy ekstremizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolib maxsus hisobda turgan 1 623 fuqarolar ro‘yxatdan chiqarilgan.

Joriy yilning o‘tgan davrida 11 ta diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq jinoyat aniqlanib, 12 nafar shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ularning 8 nafari pul topish maqsadida xorijga borib, internet orqali ekstremistik guruhga qo‘shilgan, 4 nafari esa diniy aqidaparastlikni targ‘ib qilgan.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring