Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahri va viloyatlarga kirish-chiqish yopilishi haqidagi xabarlar rad qilindi

Toshkent shahri va viloyatlarga kirish-chiqish yopilishi haqidagi xabarlar rad qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 12-sentyabrdan 13-sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 dan boshlab Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlarga kirish-chiqish yopilishi haqida xabarlar tarqaldi.

IIV Matbuot xizmati Shoxruh G‘iyosovning Xabar.uz’ga ma’lum qilishicha, bu mazmundagi xabar Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti munosabati bilan haydovchilarga harakatlanish xaritasining tarqatilishini noto‘g‘ri tushunilgani sabab kelib chiqqan.  

Vazirlik vakili, shuningdek, 12-sentyabr kuni 24:00 dan boshlab Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlarga kirish-chiqish yopilishi haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatdan yiroq ekanligini aytmoqda.

«Videotasvirlarda ShHT sammiti doirasida Samarqand shahrini aylanib o‘tish yo‘llarini tushuntirish ishlari aks etgan.

ShHT sammitiga doir barcha o‘zgarishlarni davlat idoralarining rasmiy manbalaridan olishingizni so‘rab qolamiz», – deydi G‘iyosov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring