Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibi belgilandi

Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibi belgilandi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining joriy yil 11-noyabrdagi tegishli buyrug‘i bilan Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Hujjat Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan «Yangi O‘zbekiston manzaralari», «Buyuk allomalar» va «Zamon qahramonlari» kabi turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibini belgilaydi.

San’at asarlarini davlat buyurtmasi asosida yaratishda Badiiy akademiyaning Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi buyurtmachi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi – davlat buyurtmasining loyihasini shakllantiruvchi ishchi organ hisoblanadi.

Kelgusi yil uchun ijodiy asarlarni yaratish bo‘yicha mavzu va yo‘nalishlar ro‘yxati har yili noyabr oyida Badiiy akademiyaning Boshqaruv kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. Mavzu va yo‘nalishlar ro‘yxatini tasdiqlashda Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi va Islom sivilizatsiyasi markazining takliflari, shuningdek, san’atshunoslar, jamoat arboblari va ijodkorlarning fikrlari inobatga olinadi.

Turkum ijodiy asarlarning mavzu va yo‘nalishlari to‘g‘risida har yili yanvar oyining 10 sanasiga qadar ommaviy axborot vositalarida e’lon beriladi. E’lon qilingan mavzu va yo‘nalishlar bo‘yicha mualliflarning loyiha takliflari har yili 5 fevralga qadar qabul qilinadi.

Davlat buyurtmasi sifatida tasdiqlangan ijodiy loyihalar mualliflari bilan ijodiy asar yaratish uchun shartnoma tuziladi.

Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida ijodkorlar tomonidan taqdim etilgan barcha loyiha takliflari, ularning ko‘rib chiqilish holati hamda ular bo‘yicha qabul qilingan qarorlar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi veb-saytida ochiq e’lon qilib boriladi.

Yaratilgan ijodiy asarlar Islom sivilizatsiyasi markazi jamg‘armasiga, shuningdek, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasiga topshiriladi va mualliflarga mualliflik haqi to‘lanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring