Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Uzbekistan Airways» uch yillik tanaffusdan so‘ng Urumchiga reyslarni qayta tiklaydi

«Uzbekistan Airways» uch yillik tanaffusdan so‘ng Urumchiga reyslarni qayta tiklaydi

Joriy yilning 30-iyundan boshlab «Uzbekistan Airways» Toshkent – Urumchi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni tiklaydi. Bu haqda aviashirkat matbuot xizmati xabar berdi.

Muntazam aviaqatnovlar har hafta juma/shanba kunlari (shanba kuniga o‘tadigan qatnov) amalga oshiriladi va chiptalar narxi:

Toshkent – Urumchi 2 738 000 so‘mdan boshlanadi.

Toshkent – Urumchi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta  4 867 000 so‘mdan boshlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Shinjondagi Urumchi shahriga O‘zbekistondan parvozlar koronavirus pandemiyasi tufayli 2020 yil mart oyidan to‘xtatilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring