Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu muhim! Yozgi ta’tildan so‘ng bolani o‘qishga moslashtirishni bilasizmi?

Bu muhim! Yozgi ta’tildan so‘ng bolani o‘qishga moslashtirishni bilasizmi?

Foto: «110-maktab.uz»

Ta’til tugab, yangi o‘quv yili boshlanish arafasida. Kattalar ham, bolalar ham bunga allaqachon tadorik ko‘rib qo‘yishgan. Lekin tayyorgarlikka faqat o‘quv qurollari va maktab formalari kiradi, deb o‘ylasangiz xato qilasiz. Zinhor bola ruhiyati va salomatligini ham unutmaslik darkor. Agar o‘quv yili boshida farzandingiz ruhiy yoki jismoniy zo‘riqishdan qiynalishini istamasangiz, maslahatlarimizga quloq tuting.

Ba’zi bolalar o‘ta ta’sirchan bo‘lishadi. Shu bois har qanday ishni boshlashda ularning ruhan tayyorgarligi katta rol o‘ynaydi.

O‘quv yiliga, ayniqsa, kichik sinfdagilar uchun alohida tayyorgarlik ko‘ring.

Quyidagi holatlarga ahamiyat berishingizni so‘raymiz.

Moslashish

Yangi o‘quv yili boshlanishidan bir hafta oldin ta’til va safarlardan uyga qaytish kerak. Lekin hozir ham kech emas. Xohlaysizmi yoki yo‘q, lekin bolajon moslashishi zarur, uning tanasi bir yil davomida ishlashiga to‘g‘ri keladigan iqlim sharoitiga sal ertaroq qaytishi shart.

Aks holda turli shamollashlarga moyil bola tanasi keskin iqlim o‘zgarishiga tumov yoki tomoq og‘rig‘i bilan javob qaytarishi mumkin.

Kun tartibi

O‘quv yili boshlanishidan oldin bolalar bilan sekin-asta o‘qish kun tartibiga o‘tish darkor. Demak: ertaroq uxlashga yotish va barvaqt uyg‘onish. Hozir iyundagi kabi kech qorong‘i tushmaydi: bolalarni kechki soat 10 da bemalol uxlatish mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini esa yanada erta — kechki soat 9 larda to‘shakka yotqizgan ma’qul. Yozgi ta’tildan o‘qish tartibiga birdaniga emas, sekin-asta o‘tish to‘g‘riroq. Bunda «birga» so‘zi muhim, hammasini bolalar bilan birgalikda bajarish kerak.

Bunda «men kinoni ko‘rib olay, sen esa yotishing kerak» deyish noto‘g‘ri.

Bu shunchaki bolaga nisbatan adolatsizlik, ayniqsa, uni kichik yoshdagi bolalar kuchliroq his qilishadi. Bolaga o‘rnak bo‘ling va butun oila birgalikda ertaroq uxlashga yotsin. Shunda kichkintoyning o‘quv kun tartibiga moslashishi oson kechadi.

Biroq vaqtida uxlashga yotish — hali hammasi emas, barvaqt uyg‘onish ham kerak. Ha-ha! Aynan karavotdan turish lozim, shunchaki budilnikni soat 7 ga qo‘yib, keyin soat 10-11 gacha yotmaslik kerak, aynan uyg‘onish va turish zarur, to‘shakni yig‘ish, nonushta qilish va birorta foydali ish bilan shug‘ullanish darkor (kitob o‘qish, uy ishlarini qilish, o‘yin o‘ynash).

«Hammasini yodga olish!»

Bolaning xayolan maktabga qaytishiga ko‘maklashish desa ham bo‘ladi: qaysi sinfga borishi, nimalarni bilishi, qaysi fanlarni o‘zlashtirgani, yangi o‘quv yilida qanday fanlar qo‘shilishi, maktabga nimalar sotib olgani to‘g‘risida gaplashish kerak.

Ko‘p bolalar oldindan maktab xaltasini jon deb hozirlab qo‘yadi: kitob-daftarlariga klyonkasini o‘raydi, qalamlarining uchini o‘tkirlab qo‘yadi, ruchkalarini qanday yozishini tekshiradi, rangli qog‘ozlarini sanab chiqadi. Ba’zida hatto o‘g‘il va qiz bolalar daftarlarni rangiga qarab bo‘lib olishadi. Bunday tayyorgarlik natijasida to‘satdan nimadir yetmay qolgani va tezda sotib olish kerakligi oydinlashadi. Shu haqda bolalar bilan gaplashaversangiz, u asta-sekin o‘quv jarayoniga ruhan moslashib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring