Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ichishni tashlasangiz, tanada nimalar ro‘y beradi?

Ichishni tashlasangiz, tanada nimalar ro‘y beradi?

Foto: «Alcoholismhls.ru»

Spirtli ichimliklardan, hatto, ikki haftagina bosh tortsangiz ham, hayotingiz sezilarli o‘zgaradi, deb yozadi «Rambler».

Xotira va uyqu yaxshilanadi

Alkogol neyron aloqalarga ta’sir ko‘rsatadi — spirtli ichimliklarning doimiy qabuli tufayli uyqu, xotira va nervlar aziyat chekadi. Undan bosh tortish esa diqqat-e’tiborning oshishiga olib keladi. Uyquga to‘ya boshlaysiz. Yarim tunda bekordan-bekorga uyg‘onib ketavermaysiz.

Ozasiz

Bu faqat alkogolning kaloriyali ekani bilan bog‘liq emas. Hamma gap shundaki, u ishtahani kuchaytiradi va e’tiborni susaytiradi: natijada keragidan ortiq yeb qo‘yganingizni sezmay qolasiz. Alkogolli kokteyllar ham xuddi fast-fud singari kaloriyaga boy.

Ichaklar faoliyati me’yorlashadi

Natijada teri sifati ham yaxshilanadi. Gap shundaki, alkogol ichaklar mikroflorasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Oqibatda immunitet va teri yallig‘lanishi bilan bog‘liq muammolar yuzaga chiqadi. Spirtli ichimlik ichishni tashlang, mana ko‘rasiz, bor-yo‘g‘i 7 — 10 kunda yuzingiz tiniqlashib qoladi.

Chidamli va serg‘ayrat kimsaga aylanasiz

Yana nafas siqishi va doimiy charchoq hissini unutasiz. Ko‘p alkogol qabuli tufayli qon tomir devorlarida zararli yog‘lar to‘planadi. Natijada yurak qiynalib ishlaydi. Undan voz kechsangiz vujudingiz yengillashadi, faolligingiz ortadi va suv-tuz muvozanati izga tushadi.

Suvsizlanishdan qutulasiz

Ichilgan har bir qadah alkogol ustidan bir stakan suv ichish lozim, lekin ko‘pchilik buni xayoliga ham keltirmaydi. Spirtli ichimliklardan bosh tortsangiz, to‘qimalarning kislorodga to‘yinishi yaxshilanadi. Shuning hisobiga shishlar yo‘qoladi. Teringiz esa sog‘lom nur socha boshlaydi!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring