Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkinchi smenada o‘qiydigan bola nechchida uxlashga yotishi lozim?

Ikkinchi smenada o‘qiydigan bola nechchida uxlashga yotishi lozim?

Foto: «Healthy-kids.ru»

Shifokorlarning fikricha, bolaning uxlashga yotish vaqti uchun o‘quvchining qaysi smenada o‘qishi ahamiyatsiz. Chunki bu o‘sish gormoni ishlab chiqarilishi uchun muhim emas. Negaki aynan shu gormon bola organizmidagi a’zo va tizimlarning tiklanishiga javob beradi.

«AIF»ning yozishicha, o‘sish gormoni tungi soat 22:00 dan 3:00 gacha eng ko‘p ishlab chiqariladi. Bu vaqtda bola uxlayotgan bo‘lishi darkor.

Ikkinchi smenada o‘qiganda ham har doim bir xil vaqtda uyg‘onish lozim.

Kechasi uyqudan oldin bola ota-onasi bilan sayr qilgani ma’qul. Uxlashga yotishga chamasi ikki soat qolganda bolani televizor va kompyuter o‘yinlaridan chalg‘itish kerak. Uning o‘rniga kitob o‘qish, rasm chizish, konstruktor yasash foydali.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring