Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mutaxassislar saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi mevalarni sanab berishdi

Mutaxassislar saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi mevalarni sanab berishdi

https://onlinelibrary.wiley.com/journal/13652133

Indiana universiteti olimlari ba’zi mevalarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish saraton kasalligi rivojlanishiga olib kelishini aniqlashdi.

Muammolar sitrus mevalarni ortiqcha iste’mol qilganda paydo bo‘lishi mumkin, deyishmoqda ekspertlar. Ularning fikriga ko‘ra, bu melanoma paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, — deyiladi «British Journal of Dermatology» jurnalida chop etilgan maqolada.

Kuniga ikkitadan ortiq sitrus meva (ayniqsa, apelsin va uning sharbati) iste’mol qilish odamning saraton kasalligiga chalinish xavfini 63 foizga oshirishi aniqlandi, deyiladi maqolada.

Olimlarning fikricha, fotosensibilizatsiyalash va fotokarsinogen xususiyatlariga ega psoralen moddasi salbiy ta’sir ko‘rsatishiga sabab bo‘ladi. Terisi och rangli kishilar melanoma bo‘yicha xavf guruhiga kirishadi. Mutaxassislar ularga sitrus mevalarni iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lishni tavsiya etishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring