Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mutaxassislar qarishni sekinlashtiruvchi mahsulot nomini ma’lum qilishdi

Mutaxassislar qarishni sekinlashtiruvchi mahsulot nomini ma’lum qilishdi

Foto: «Goodfon.ru»

Brokkoli keksalikka oid kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Bu haqda 5 iyul kuni «Change» nashri xabar berdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu sabzavot tarkibida lyutein va zeaksantin antioksidantlari, shuningdek, qarish jarayonini sekinlashtiruvchi sulforafan bisyor.

Bundan tashqari, diabet bilan og‘riyotgan bemorlar brokkolini iste’mol qilishi foydali. Negaki, ushbu sabzavot qondagi qand miqdorini nazorat qilishga hamda xolesterin darajasini kamaytirishga yordam beradi. Shuningdek, infarkt va ichak kasalliklari profilaktikasi uchun nihoyatda foydali.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring