Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega akkumulyatorlar sig‘imini yo‘qotadi, chorasi bormi?

Nega akkumulyatorlar sig‘imini yo‘qotadi, chorasi bormi?

Smartfoningizda quvvat tez tugab qolyaptimi? Muammo nimadaligini bilasizmi? Unda o‘qishda davom eting — chorasini topamiz!

Tabiiy yeyilish

Hamma narsaning o‘z xizmat muddati bor. Har qanday akkumulyator ham bir kuni borib tugaydi. «Umrini yashab bo‘ldimi», har qancha urinmang, batareya asliga qaytmaydi — almashtiring (akkumulyatorni yoki smartfonni).

To‘liq quvvat

Telefon quvvati 0 foizga tushib ketishi zararli. Quvvatini hech bo‘lmaganda 10-30 foizda ushlab turishga odatlaning.

«Yeb to‘ymas» modullar

Smartfoningizda Wi-Fi, Bluetooth, GPS va shunga o‘xshash narsalar doim yoniqmi? Unda o‘zingizdan o‘pkalang. Mana, telefon nima uchun tez quvvatini yo‘qotadi. Internetni yoki boshqa shunga o‘xshash signaltalab modullarni faqat kerak payti yoqing. Ekran yorug‘ligini sal kamaytirib qo‘ysangiz ham zarar qilmaydi.

Ilovalar

Ba’zilar bironta ilovani (masalan, o‘yin, elektron kitob va hokazo) ishlatib bo‘lib, o‘chirmaydi, shunchaki chetga surib qo‘yadi. Bu yaxshimas, chunki akkumulyatorning kuchi shungayam ketib qoladi. Ilovalardan faqat o‘chirish yo‘li bilan chiqib ketish kerak.

Harorat

Akkumulyator uchun eng maqbul harorat 0 dan +30 darajagacha. O‘ta sovuq havo akkumulyatorga aks ta’sir etishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring