Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qanday parhez COVID-19 xavfini kamaytirishga yordam beradi?

Qanday parhez COVID-19 xavfini kamaytirishga yordam beradi?

Foto: «Zen.yandex.ru»

To‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis va parhezshunos Jodi Morgulis qanday parhez koronavirusga chalinish, shuningdek, COVID-19 bilan kasallanganda asoratlar xavfini kamaytirishga yordam berishini ma’lum qildi. Bu haqda «Medicalxpress» xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, taomnomaning eng muhim tarkibiy qismi turli rangdagi meva-sabzavotlardan iborat bo‘lishi kerak. Bu vitaminlarning to‘liq jamlanmasini qabul qilishga yordam beradi.

«Ranglarning xilma-xilligi salomatligimizni saqlashda muhim hisoblangan antioksidant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega kimyoviy moddalar — turli fitonutriyentlar qabul qilishni ta’minlaydi», — deydi Morgulis.

Uning ta’kidlashicha, o‘simliklardan iborat yorqin taomlardan tashqari parhezda dukkaklilar, tuxum, baliq, parranda, tofu, yasmiq singari oqsilning muhim manbalari ham bo‘lishi zarur.

Parhezshunos, shuningdek, xilma-xil mahsulotlar ichak mikrobiomlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishini qayd etib, imkon qadar mavsumiy mahsulotlarni tanovul qilishni tavsiya etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring