Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi dorilarni sovutkichda saqlash kerak?

Qaysi dorilarni sovutkichda saqlash kerak?

Foto: «Dizainvfoto.ru»

Ayrim dori vositalarini sovutkichda saqlash tavsiya etiladi. Bu haqda dorini tayinlagan shifokor yoki dorixona xodimi ogohlantiradi. Dorini qabul qilishdan oldin emas, sotib olgan zahoti yo‘riqnoma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Shunda dorini qanday sharoitda saqlash kerakligini bilib olsa bo‘ladi, deb yozadi «AIF».

Agar dori qadog‘ida uni salqin va qorong‘i joyda saqlash kerakligi aytilgan bo‘lsa, demak, harorat +12 – 14 darajagacha bo‘lishi zarur. Bunday dori-darmonlar odatda sovutkichda saqlanadi. Agar xona haroratida saqlanishi aytilgan bo‘lsa, xona haroratida saqlash kerak. Bu +25 darajagacha degani. Agar sovuq joyda saqlanishi aytilgan bo‘lsa, +4 – 6 darajani anglatadi. Bunday dorilarni saqlash uchun sovutkichning sabzavotlarga mo‘ljallangan pastki bo‘lmalari to‘g‘ri keladi. Bunday preparatlar juda kam, deydi mutaxassislar.

Bundan chiqdi, yo‘riqnomasida qorong‘i yoki salqin joyda saqlashi aytilgan dorilarni sovutkichda saqlash zarur.

Tabiiy tarkibli ko‘pgina dorilarni iliq joyda saqlab bo‘lmaydi. Aks holda bakteriyalar ko‘payishi mumkin. Ko‘pincha shifokorlar tarkibida tabiiy yog‘ bo‘lgan shamdori va yog‘li surtmalarni salqin va sovuq joyda saqlashni tavsiya etadi. Shuningdek, bu dorixonalarda tayyorlangan dorilarga ham taalluqli: odatda ularni uzoq muddat saqlab bo‘lmaydi. Glaukomada ko‘zga tomiziladigan dorilar shular jumlasidan — ularning ayrimlari foydalangunga qadar sovutkichda saqlanadi. Shuningdek, ayrim fermentli dorilarni ham sovutkichda saqlash tavsiya etiladi. Ular kapsula yoki habdori emas, kukun holida chiqariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring