Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoylik mutaxassislar olmadagi yashirin xavfni fosh etishdi

Xitoylik mutaxassislar olmadagi yashirin xavfni fosh etishdi

Foto: «Fruitnews.ru»

Xitoylik olim Chjan Chunjunning so‘zlariga ko‘ra, olma saraton xavfini kamaytiradi, ichaklarni bo‘shashtirishga yordam beradi (zarurat tug‘ilganda), ich kelishini me’yorlashtiradi, qonda qand va lipidlar miqdorini kamaytiradi, shuningdek, immunitetni ko‘taradi. Biroq ayrim holatlarda ushbu meva oshqozon-ichak yo‘lida jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Mutaxassisning aytishicha, olmani batat, ya’ni shirin kartoshka bilan birga iste’mol qilganda xavfli mahsulotga aylanadi. Chunki ushbu sabzavot tarkibida kraxmal bisyor. Uni hazm qilish uchun oshqozonda ko‘p miqdorda kislota ajraladi. Olma tarkibida esa shusiz ham organik kislotalar ko‘p bo‘lib, batat bilan qo‘shilib jiddiy kasalliklarga sabab bo‘lishi hech gap emas.

Batatning o‘zi aslida tarkibida parhezbop kletchatka bo‘lgan juda ozuqali sabzavot hisoblanadi. U diabet kasalligidan qiynalayotgan bemorlarga qonda qand miqdorini me’yorda saqlashga yordam beradi. Olimlar olmani qaynatib yoki bug‘da pishirib yeyishni maslahat berishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring