Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yozda meva-sabzavotlarni saqlashning 7 chorasi

Yozda meva-sabzavotlarni saqlashning 7 chorasi

Foto: «Usa.one»

Saxovatli yoz dasturxoni juda to‘kin, ammo issiqda oziq-ovqatlar tez yaroqsiz holga kelib, kasallik tarqatuvchi bakteriyalar manbaiga aylanishi hech gap emas. Masalan, meva-sabzavot, tuxum, go‘sht va sut mahsulotlari...

Turli kasalliklarga yo‘liqmaslik uchun oziq-ovqatni to‘g‘ri saqlashga e’tibor qaratish kerak. Buning uchun «Usa.one» sayti mutaxassislari quyidagi tavsiyalarni berishyapti.

  1. Sovutkichdan tashqarida saqlash mumkin bo‘lgan meva-sabzavotlar

Avokado, banan, papayya, shaftoli, nok, sitrus mevalar, mango, qovun, pomidor va qovoqni, agar ular to‘liq pishib yetilmagan bo‘lsa, xona haroratida ham saqlash mumkin. Keyinchalik esa ularni sovutkichda ham bir necha kungacha saqlasa bo‘ladi. Agar bu mahsulotlarning asl ta’mini his etishni istasangiz, sovuqxonagacha yetib borishiga yo‘l qo‘ymang. Ayniqsa, pomidorning harorat o‘zgarishlariga sezuvchanligi juda yuqori.

  1. Kartoshka, batat, sarimsoqpiyoz va piyoz

Bu sabzavotlar quruq va salqin, quyosh nurlari tushmaydigan joyda yaxshi saqlanadi. Bunday sharoitda ular asl holatini 2-4 haftagacha yo‘qotmaydi.

  1. Boshqa meva-sabzavotlar

Qolgan meva-sabzavotlarni, agar yuvilmagan bo‘lsa, sovutkichda bir necha kundan bir necha haftagacha saqlash mumkin. Ularni maxsus konteynerda saqlagan yaxshi, biroq bodring va va bulg‘or qalampirini sovutkichning nisbatan iliqroq qismiga joylashtiring.

  1. Tropik mevalar

Tropik mamlakatlardan keltirilgan mevalar sovuqda mazasini yo‘qotishidan tashqari, etilen ham ajratib, nafaqat o‘zi, balki yonidagi mevalarning ham tez aynishiga sababchi bo‘ladi.

  1. Ko‘katlar va boshqalar

Ko‘katlar, giyohlar, brokkoli, yangi sabzi, gulkaram, bodring, ko‘k no‘xat va loviyani muzlatkichga joylashdan oldin «izli» plastik idishlarga solish kerak. Bodring va ko‘katlar qog‘ozga o‘rab qo‘yilsa ko‘proq vaqt yangi turadi.

  1. Salat barglari

Salat bargini polietilen paketda saqlash yaramaydi — bunday sharoitda u «bo‘g‘ilib», chiriy boshlaydi. Yuvilmagan salat o‘simligini «izli» plastik idishga, yuvilganini esa qog‘oz paketga joylang.

  1. Qo‘ziqorinlar

Qog‘oz paketga solingan qo‘ziqorinlarni sovutkichda sabzavotli konteynerlarning yoniga joylashtiring.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring