Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adham Otajonov (Abu Muslim)

Har bir amalingizni tahlil qilib, kimga yoki nimaga sig‘inayotganingizni bilish mumkin.

Adham Otajonov 1975-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan.

O‘rta maktabdan so‘ng Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro universitet (Qozog‘iston)ning huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Xalqaro Intellektual mulk tashkiloti (WIPO Academy)ning diplomiga ega.

2003—2015-yillarda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari rahimahullohdan bevosita hamda bilvosita diniy bilimlarni olgan.

2003—2016-yillar davomida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari boshchiligida ishga tushirilgan O‘zbekistondagi ilk islomiy sayt — «Islom.uz»ning rivojiga katta hissa qo‘shgan. 2009-yili «Islom.uz» o‘zbek tilidagi eng yaxshi sayt, deb tan olingan.