Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adham Otajonov (Abu Muslim)

Har bir amalingizni tahlil qilib, kimga yoki nimaga sig‘inayotganingizni bilish mumkin.

Hazratimning nomi berilayotgan masjid qurilishi turli sabablarga ko‘ra ikki marta to‘xtab qolgandi (foto)

Hazratimning nomi berilayotgan masjid qurilishi turli sabablarga ko‘ra ikki marta to‘xtab qolgandi (foto)

Shayx hazratlarining nomi beriladigan masjid.

Foto: «Xabar.uz» / Adham Otajonov

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan So‘galli ota yodgorligi yonida 1990-yillar boshida masjid qurilishi boshlangan edi. O‘sha vaqtda ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari muftiy vazifasida edilar. Ammo ayrim sabablarga ko‘ra, 1997-yili mazkur masjid qurilishi to‘xtatib qo‘yilgan edi.

Shayx hazratlarining nomi beriladigan masjid.
Foto: «Xabar.uz» / Adham Otajonov

2013-yili dekabr oyida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ushbu masjidga tashrif buyurib, masjid qurilishi nega to‘xtab qolgani hamda boshqa qurilishdagi muammolar bilan qiziqqanlar. Masjid qurilishi davomi etishini so‘rab xayrli duolar qilganar.

Shayx hazratlarining nomi beriladigan masjid o‘rni qizil nuqta bilan ko‘rsatilgan.
Foto: «Xabar.uz» / Adham Otajonov

Shundan so‘ng masjid qurilishida biroz siljish bo‘lib, bahonasida masjid gumbazi qurib bitkaziladi. Ammo oradan biroz vaqt o‘tib, masjidni barpo etish ishlari yana to‘xtab qolgan. O‘shanda qurilish ishlari to‘xtab qolganini eshitgan shayx hazratlari rosa xafa bo‘lgan ekanlar.

Shayx hazratlarining nomi beriladigan masjid.
Foto: «Xabar.uz» / Adham Otajonov

Avvalroq bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishuvi jarayonida mazkur masjidga borgani, tashrif chog‘ida Chilonzor tumanida barpo  etiladigan mazkur masjidga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi berilishi e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.

Quyida shayx hazratlari hayotligida bir necha bor kelgan mazkur masjid haqidagi videolavha orqali ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring