Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davronbek Tojialiyev

Yo asling kabi ko‘rin, yo ko‘ringaning kabi bo‘l! (Jaloliddin Rumiy)

1984-yilning 15-fevralida Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetida (2001—2005-yillar) va O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti magistraturasida (2005—2007-yillar) ta’lim olgan. AQSh, Germaniya, Turkiya, Polsha, Qozog‘iston davlatlarida malaka oshirgan.

Faoliyatini 2001-yili sentyabr oyidan «Ma’rifat» gazetasida muxbir bo‘lib boshlagan. 2011-yili Nyu-York shahrida chop etilgan birinchi o‘zbek gazetasi — «Vatandosh»ning bosh muharriri bo‘lgan. O‘zNetdagi ilk blogerlardan. 2004-yili «Ziyouz.com» portaliga asos solgan. Ayni paytda uning bosh muharriri hisoblanadi. Oilali, 1 o‘g‘il va 2 qizi bor.