Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Doniyor Ro‘zmetov

O‘qiganim va bilganim sari o‘qimaganim va bilmaganim qanchalar ko‘p ekanligini tushunib xijolat tortamen!

Men 1983-yili Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilganman. O‘zDJTU (Roman-german filologiyasi), Siyosiy fanlar instituti (Xalqaro munosabatlar), Sarbonna universiteti (Turizm va yodgorliklar)da tahsil olganman. Ayni paytda Parij Sharq tillari va sivilizatsiyalari institutida «O‘rta Osiyo davlatlarida turizm, yodgorliklar va milliy o‘zlik» mavzusida doktorlik ishi yozayapman.

Feysbukda «Shaxsiy mulohazalarim» deb nomlangan mualliflik, «Chug‘ulistondan qitmir mish-mishlar» va «Marsbukliklar» nomli hajviy sahifalarim bor. Ularda jamiyatning dolzarb muammolar haqidagi mulohazalarimni yozib boraman, insoniy illatlarni ijtimoiy kulgi yo‘nalishida hajv qilaman.

Hozir Parijda oilam, ya’ni ayolim va 3 nafar farzandim bilan yashayman.