Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil Tillaboyev

Xalq uchun ishla, o‘zinga qaytmasa, farzandingga qaytadi!

1984-yili O‘zbekiston tumanida tug‘ilganman. 2006-yili Qo‘qon davlat pedagogika instituti matematika va informatika fakultetini tugatgan. 2004 yildan beri o‘qituvchilik qiladi. Hozir O‘zbekiston tumanidagi matematika va filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan 65-maktab– internatida faoliyat yuritmoqda.

O‘quvchilari bir necha yillardan buyon fan olimpiadasining tuman, viloyat, respublika bosqichida  yuqori natijalarga erishib kelishmoqda.

Birinchi toifali matematika  fani o‘qituvchisi. 2014-yili «Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Jamiyatdagi muammolarga befarq emas. O‘zining shaxsiy blogiga ega. Respublikadagi elektron OAV bilan faol hamkorlik qilib keladi.