Karimberdi To‘ramurod

Qo‘rqsang – yozma! Yozdingmi – qo‘rqma!

1960-yili Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan. 1983-yili SamDUning matematika fakultetini, 1991-yili Toshkent davlat san’at va madaniyat institutini bitirgan. O‘qituvchilik qilgan, madaniyat sohasida ishlagan. 2003-yildan beri matbuotda faoliyat yuritib keladi.

Bir qancha kitoblari nashr etilgan. Asarlari asosida film va seriallar tasvirgan olingan. Ularning ichida mashhurrog‘i «Jiyda guli»dir.

Ayni paytda «Xabar.uz»ning Samarqand viloyati bo‘yicha maxsus muxbiri bo‘lib faoliyat ko‘rsatmoqda.