Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chetri Messi va Ronaldu o‘rtasiga «tushib qoldi»

Chetri Messi va Ronaldu o‘rtasiga «tushib qoldi»

Foto: «Google»

Osiyo kubogining dastlabki o‘yinida aytsayderlardan biri sanalgan hindistonliklar sensatsion natija qayd etishdi: Tailand 4:1 hisobida mag‘lub etildi.

Ana shu o‘yin qahramoni, shubhasiz, tailandliklar darvozasiga ikkita gol urgan hujumchi Sunil Chetri (bu yil yozda 35 yoshga kiradi) bo‘ldi.

«Hind fillari» tarkibida 2005-yildan beri o‘ynab kelayotgan Chetri shu tariqa gollari sonini 67 taga yetkazib oldi. U milliy terma jamoa uchun gol urish bobida «Barselona» yulduzi Lionel Messini ortda qoldirdi, Messi Argentina terma jamoasi safida 65 ta gol urgan.

Chetri faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida faqat «Yuventus» yulduzi Krishtianu Ronaldudan ortda qolmoqda. Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 85 ta golni nishonlagan.

Eslatib o‘tamiz, futbol tarixida terma jamoasi uchun eng ko‘p gol kiritgan futbolchi mashhur Ali Dai sanaladi. U 1993-yildan 2006-yilgacha davom etgan termadagi faoliyati davomida 109 ta gol urgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring