Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-apreldan naqd xorijiy valyuta sotib olish mumkin

1-apreldan naqd xorijiy valyuta sotib olish mumkin

Limit bo‘yicha naqd xorijiy valyuta yechib olish mumkin bo‘ladi.

Foto: «Mihaaru»

Internetda e’lon qilingan, O‘zbekiston hududida naqd xorijiy valyuta sotib olish mexanizmini nazarda tutuvchi qonun hujjati loyihasiga ko‘ra 2018-yilning 1-aprelidan boshlab bu jarayon amalga oshishni boshlaydi.

Hujjatga ko‘ra joriy yilning 1-aprelidan boshlab jismoniy shaxslar jismoniy shaxslar nomiga ochilgan xalqaro to‘lov kartalaridan tijorat banklari tomonidan belgilangan limit bo‘yicha naqd xorijiy valyuta yechib olishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari Markaziy bank tomonidan 1-aprelga qadar jismoniy shaxslarga tegishli hisob raqamlaridagi xorijiy valyutani masofaviy boshqarish tizimini ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

«Telegram»dagi rasmiy kanalimizda o‘tkazilgan so‘rov natijalari
Fotokollaj: «Xabar.uz»

Yaqinda saytimizning «Telegram»dagi rasmiy kanalida ayni shu mazmunda ijtimoiy so‘rov o‘tkazilgan edi. Unda qatnashganlarning aksariyati banklar naqd xorijiy valyuta sotuvini yo‘lga qo‘ymaganlari uchun qora bozor xizmatidan foydalanishga majbur bo‘lishayotgani bildirishgan.

So‘rov ayni paytda ham faol. Unda qatnashish uchun ushbu havolani bosing!

Eslatib o‘tamiz, bu qonun loyihasi qabuli qilinishi, o‘zgartirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring