Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-maydan boshlab Toshkentdagi dehqon bozorlari qat’iy nazoratga olinadi

1-maydan boshlab Toshkentdagi dehqon bozorlari qat’iy nazoratga olinadi

Foto: toshkent.uz

Toshkent shahar hokimining «Toshkent shahri hududida noqonuniy savdolarni bartaraf etish, mavsumiy savdo va umumiy ovqatlanish tarmog‘i ob’yektlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi. Bu haqda shahar hokimiyati rasmiy saytida xabar berilgan.

Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yilning 1-may kunidan boshlab poytaxtdagi dehqon bozorlari, savdo komplekslari va ixtisoslashtirilgan bozorlar hududida, sanitariya talablariga javob bermaydigan joylarda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, salqin ichimliklar, turli taomlar bilan noqonuniy savdo qilish holatlariga chek qo‘yiladi. Bozorlar va uning hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va ishchi-xizmatchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi, maxsus ish kiyimlari bilan ta’minlanganligi, mahsulotlarni saqlash va sotish qoidalariga rioya qilinishi, ish joylarining sanitariya holatiga to‘liq javob berilishi nazoratga olinadi. Shuningdek, dehqon bozorlari va shahobchalari hududida go‘sht, sut, parranda tuxumi, salat va qandolat mahsulotlari savdosi amalga oshiriladigan rastalarda sovutgich uskunalarining bo‘lishi va doimiy ishlashi yuzasidan tekshiruvlar olib boriladi.

Toshkent shahar hokimi tuman hokimlari zimmasiga tuman hududida mavsumiy savdolarni tartibga solish hamda aholi salomatligini himoya qilish maqsadida ko‘chma savdo bilan shug‘ullanish istagini bildirgan tadbirkorlik sub’yektlariga ruxsat berishda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-iyuldagi «Ko‘chma savdoga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga qat’iy rioya qilish talabini qo‘ygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring