Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston MTJ yarim finalga chiqsa, 1 million dollar mukofot oladi

O‘zbekiston MTJ yarim finalga chiqsa, 1 million dollar mukofot oladi

Birlashgan Arab Amirliklarida 2019-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi ishtirokchilariga beriladigan mukofot pullari miqdori ma’lum qilindi.

Avvalo, final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan har bir terma jamoa mukofotlanadi. Xususan, BAAga boradigan 24 mamlakat termasiga 200 ming AQSh dollaridan taqdim etiladi. Yarim finalga chiqqan to‘rtta terma jamoaga esa 1 million dollar miqdorida pul beriladi.

Sovrindorlarga ham kattagina mukofot tayinlangan: 2-o‘ringa 3 million dollar, musobaqa g‘olibiga 5 million dollar topshiriladi.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 14,8 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring