Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-yanvar kuni yo‘qolgan 15 yashar qiz topildi

1-yanvar kuni yo‘qolgan 15 yashar qiz topildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

15 yashar Nodira Yashatulayeva 2019-yil 1-yanvar kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi qarindoshining uyidan chiqib, yo‘qolib qolgani haqida xabar berilgandi.

Toshkent shahar IIBB ma’lum qilishicha, Nodira Yangiyo‘l tumanidan topilgan. Uning gaplariga qaraganda, u Yangiyo‘lga tanishlarining yoniga borgan, ayni vaqtda bu ma’lumot tekshirilmoqda. Ichki ishlar idoralarining barcha xizmat va bo‘linmalarga yuborilgan tegishli ko‘rsatmalar natijasida Nodirani topishda Toshkent shahar IIBBga Toshkent viloyati IIB xodimlari ko‘maklashishdi.

«Nodiraga zarar yetmagan, salomatligi yaxshi, onasi uning yonida. Hozirda Toshkent shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi psixologlari Nodira bilan suhbatlashib, yaqinlarini ogohlantirmasdan uydan chiqib ketganligini sabablarini o‘rganishmoqda», deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring