Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

100 ming so‘mlik banknotning bosmadan chiqqan fotosi tarqaldi

100 ming so‘mlik banknotning bosmadan chiqqan fotosi tarqaldi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2019-yilning 25-fevraldan boshlab qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgisi muomalaga chiqarishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu banknotning muomalaga chiqarilishiga hali 3 kun qolgan bo‘lsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda bosmadan chiqarilgan 100 ming so‘mlik pulning fotosi tarqalishga ulgurdi.

Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan pul belgisi, ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shartligi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring